Avtomobillar old oynalari tonirovkasini arzonlashtirish masalasi kun tartibida yo‘q — YHXX
Avtomobillar old oynalarini tonirovka qilishni arzonlashtirish masalasi kun tartibida yo‘q — YHXX
O‘zbekistonda avtomobillar old oynalarini qoraytirish (tonirovka) masalasi hozirda muhokama qilinmayapti. Bu haqda Yo‘l harakat xavfsizligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov 14-iyul kuni Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Muloqot davomida jurnalistlardan biri mamlakatda anomal issiq ob-havo sharoitlari mavjudligini, shuning uchun avtomobillar old oynalariga arzon narxda tonirovka o‘rnatishga ruxsat berilishi kutilayotganini so‘radi.
Erali Bozorovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bu masala kun tartibida yo‘q. U, shuningdek, orqa va orqa yon oynalarni bepul qoraytirishga ruxsat berilganini ta’kidladi.
“2018-yilda hukumat qarori bilan tonirovkaga ruxsat berilganda narx bazaviy hisoblash miqdorining 90 baravariga teng edi. Hozir bu 37 million so‘mdan ortiq bo‘lardi. Qarorga narxlar masalasida 2019, 2020, 2021, 2022-yillarda to‘rt marta o‘zgartirish kiritildi (old oynalar haqida gap ketyapti). Natijada narx 11,25 baravarga arzonlashib, 3 million 296 ming so‘mgacha kamaytirildi. Yon va orqa oynalarni bepul qoraytirishga ruxsat berildi,” dedi u.
Erali Bozorov mutaxassislardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qoraytirilgan oyna kimlarga ta’sir qilishi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgan. “Bizga kelgan murojaatlarda avtomobilda kasal olib ketyapmiz deyilgan. Shuning uchun orqa va orqa yon oynalarni bepul tonirovka qilishga ruxsat berilgan. Kasal olib ketayotgan bo‘lsa, bemor orqa o‘rindiqda ketadi. Yon oynalardan emas, orqa ‘lobovoy’ dan kelayotgan yorug‘lik nurlarini qaytarishga e’tibor qaratiladi. Shuning uchun orqadagi yon oynalar va orqa ‘lobovoy’ni 100 foiz qoraytirishga ruxsat berilgan,” dedi u.
Avvalroq O‘zbekistonda 1-maydan boshlab yoz mavsumi uchun to‘rt oyga “tonirovka”ga ruxsatnoma olish narxi 412 000 so‘m etib belgilanishi haqida savollar ko‘paygach, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakili bunga aniqlik kiritgandi. O‘shanda tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 547-sonli qarorida belgilanganini aytgan. Ya’ni qarorda hozirgi kunda BHMning sakkiz barobari — 3 296 000 so‘m evaziga transport vositasining oyna tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma berilishi yo‘lga qo‘yilgan.
“Bu tartib o‘zgargani yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda yoz oylari uchun 412 000 so‘m ‘tonirovka’ga ruxsatnoma olish belgilandi, degan mazmunda norasmiy, ya’ni yolg‘on xabarlar tarqalmoqda,” deya izoh berdi YHXX vakili.
Qayd etilishicha, “tonirovka”, ya’ni transport vositalarining oyna tusini o‘zgartirish uchun olinadigan ruxsatnoma bo‘yicha agar qonunchilikka biron bir o‘zgartirish, yangiliklar kiritiladigan bo‘lsa, albatta, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining rasmiy manbalarida bu bo‘yicha batafsil, to‘liq ma’lumotlar beriladi.
Shu sababli barcha fuqarolaridan norasmiy, ya’ni asoslanmagan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmas

