“Barselona” ekvadorlik 18 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi

“Barselona” ekvadorlik 18 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shdi
“Barselona” klubi Ekvadorning “LDU Kito” jamoasi himoyachisi Xosue Kaysedoni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijara asosida o‘z safiga qo‘shganini rasman e’lon qildi.
18 yoshli futbolchi kataloniyaliklarning zaxira jamoasi — “Barsa Atletik” safida to‘p suradi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Kaysedo hujumkor chap qanot himoyachisi bo‘lib, u tezligi, qanotdagi faolligi va hujumlarga samarali qo‘shilishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ekvadorlik futbolchi universal hisoblanib, nafaqat himoyada, balki qanot vingeri sifatida ham harakat qila oladi.
Klubda ta’kidlanishicha, Xosue Kaysedoning transferi “Barsa Atletik”ning yosh iqtidorlarni jalb etish strategiyasiga to‘liq mos keladi. Kataloniyaliklar himoyachining “Barselona” tizimida yanada rivojlanishi uchun katta salohiyatga ega ekaniga ishonmoqda.
O‘tgan mavsumda Kaysedo “LDU Kito” asosiy jamoasi safida 20 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, u Libertadores Kubogida debyut qilib, Boliviyaning “Olveys Redi” klubiga qarshi bahsda ishtirok etdi.

