Siyosat

Baxtiyor Saidov Hindiston parlamenti spikeri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Hindiston Lok Sabhasi spikeri Om Birla bilan uchrashib, parlamentlararo hamkorlik va strategik sheriklikni muhokama qildi.

Baxtiyor Saidov Hindiston Lok Sabhasi spikeri Om Birla bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 4-avgust kuni Hindiston parlamentining quyi palatasi – Lok Sabha spikeri Om Birla bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda parlament diplomatiyasining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat chog‘ida parlamentlararo muloqotni yanada chuqurlashtirish, parlamentlar huzuridagi do‘stlik guruhlari faoliyatini jonlantirish hamda qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Baxtiyor Saidov uchrashuvning samimiy va mazmunli ruhda o‘tganini ta’kidladi.

Om Birla o‘z navbatida, o‘tgan yili O‘zbekistonga qilgan tashrifini yodga olib, Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida ko‘rsatilgan iliq qabul va mehmondo‘stlik uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.