Mahalliy

BYD Uzbekistan Factory va BYD Astana Motors Jizzaxdagi BYD zavodi bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi

BYD Uzbekistan Factory va BYD Astana Motors kompaniyalari 'BYD. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan' loyihasi doirasida 50 dan ortiq mijoz, jurnalist va blogerlar uchun Jizzaxdagi zavod bo‘ylab ekskursiya o‘tkazdi. Mehmonlar avtomobil ishlab chiqarish jarayoni hamda muhandislar maktabi faoliyati bilan tanishdi.

BYD Uzbekistan Factory va BYD Astana Motors Jizzaxdagi BYD zavodiga ekskursiya tashkil etdi.

Markaziy Osiyodagi birinchi BYD Uzbekistan Factory zavodi va BYD’ning O‘zbekistondagi rasmiy dilerlik tarmog‘i – BYD Astana Motors, BYD Central Asia brendi distribyutori ko‘magida mijozlar uchun Jizzax shahridagi BYD zavodiga noyob ekskursiya uyushtirdi. Ushbu tadbirda 50 dan ortiq mijoz, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Ushbu qo‘shma tashabbus ishtirokchilarga BYD avtomobillarining alohida yig‘ish bosqichlaridan tortib, tayyor holga kelguniga qadar bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkonini berdi.

Mehmonlarga zavod ichkaridan namoyish etilib, zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlari bilan tanishtirildi. Ularga BYD avtomobillarini yaratishning asosiy bosqichlari haqida ma’lumot berilib, avtomatlashtirilgan liniyalar ko‘rsatildi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning BYD brendining qat’iy global standartlariga to‘liq mos kelishini tasdiqlovchi ko‘p bosqichli sifat nazorati tizimi va sinov treklari namoyish qilindi.

Tashrif buyuruvchilar zavodning yetakchi muhandis va texnologlaridan avtomobillarni mahalliylashtirish hamda mintaqaning iqlim sharoitlariga moslashtirish jarayonlari to‘g‘risida batafsil javoblar oldilar. Eng muhimi, ular butun jarayonni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish va O‘zbekistondagi zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish ko‘lamini his etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Tashrifning sermazmun dasturi doirasida ishtirokchilar zavod qoshida faoliyat yuritayotgan Markaziy Osiyodagi birinchi innovatsion Muhandislar maktabida ham bo‘ldilar. Mehmonlarga nazariy amaliyot bilan uzviy bog‘langan noyob ta’lim ekotizimi namoyish etildi. Ekskursiya ishtirokchilari robotlashtirilgan stendlar, shuningdek, zavoddagi haqiqiy uskunalarga to‘liq mos keluvchi elektronika va dasturlash o‘quv laboratoriyalarini ko‘zdan kechirdilar.

Tashrif buyuruvchilar hududda “yashil” transportning eng murakkab texnologiyalari bilan ishlay oladigan yuqori malakali texnik mutaxassislarning yangi avlodi qanday shakllanayotganiga shaxsan guvoh bo‘ldilar. BYD Uzbekistan Factory va BYD Astana Motors tomonidan tashkil etilgan ilk ekskursiya kelgusida muntazam o‘tkaziladigan tanishuv sayohatlariga asos soldi.

BYD Uzbekistan Factory zavodiga navbatdagi sayohat 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Dilerlik tarmog‘i mijozlari bu yerda (havola) oldindan ro‘yxatdan o‘tib, bo‘lajak sayohatlarda ishtirok etishi va texnologik avtomobillarning yaratilish jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi mumkin. Ushbu loyiha brendning ochiqligini, ta’lim salohiyatini hamda mintaqadagi avtomobil sanoati haqidagi tasavvurlarni o‘zgartiruvchi ilg‘or texnologiyalarni namoyish etib, O‘zbekistonda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tamomila yangi bosqichga olib chiqadi.

BYD Astana Motors rasmiy tarmog‘i O‘zbekistonda 9 ta dilerlik markazidan iborat. Ulardan oltitasi Toshkent shahrida, qolganlari esa Buxoro, Farg‘ona va Qarshi shaharlarida joylashgan. Ushbu markazlarda rasmiy model qatoridagi elektr va gibrid avtomobillar taqdim etilgan bo‘lib, ularga ishlab chiqaruvchi tomonidan 6 yil yoki 150 ming km, Blade Battery batareyasiga esa 8 yillik kafolat beriladi. Maslahat olish, servis xizmatiga yoki test-drayvga yozilish uchun 1322 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Sayt: byd-astanamotors.uz

Facebook: fb.com/bydastanamotors

Instagram: @byd_astanamotors.uz

Telegram: t.me/byd_astanamotorsuz

Reklama huquqlari asosida.