Mahalliy
Chexiyada ishlash uchun o‘zbekistonliklar chex tili va kasbga tayyorlanadi.
Pragada o‘tgan O‘zbekiston–Chexiya muzokaralarida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Tomonlar o‘zbekistonlik mutaxassislarni Chexiyada ishga joylashtirishdan oldin ularni chex tili va kasbga tizimli tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi..

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Chexiyaga xizmat safari uyushtirdi.

