Iqtisodiyot

Dollar kursida yana pasayish yuz berdi

Markaziy bank 11-avgustdan valyutalar kursini belgiladi.

Dollar kursi yana tushdi.

Markaziy bank 2026-yil 11-avgustdan boshlab xorijiy valyutalarning yangi qiymatini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, AQSh dollari 17,49 so‘mga arzonlashib, 11 934,61 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi esa 8,47 so‘mga ko‘tarilib, 13 788,05 so‘mga yetdi. Funt-sterling qiymati 48,1 so‘mga oshib, 16 114,11 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,57 so‘mga pasayib, 144,64 so‘mni tashkil etdi.