Germaniya mehnat bozoriga immigrantlar zarur – Federal mehnat agentligi
Germaniyada ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun immigrantlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqda mamlakat Federal mehnat agentligi ma’lum qildi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida Germaniyada mehnatga layoqatli mahalliy aholi soni qariyb 4 million nafarga kamaygan. Shu davrda esa mehnat yoshidagi 3,4 million...

Germaniyada mehnat bozorida immigrantlar zarur – Federal mehnat agentligi
Germaniya ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda immigrantlar muhim rol o‘ynamoqda. Bu haqda mamlakatning Federal mehnat agentligi ma’lum qildi.
Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida Germaniyada mehnatga layoqatli mahalliy aholi soni qariyb 4 million nafarga kamaygan. Shu davrda mehnat yoshidagi 3,4 million nafar immigrant mamlakatga kelgan.
Ta’kidlanishicha, 2014 yil iyundan 2025 yil iyungacha bo‘lgan davrda Germaniyada bandlik o‘sishining 43 foizi uchinchi davlatlardan kelgan immigrantlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu jarayonda qochqinlar ham muhim ahamiyatga ega.
Federal mehnat agentligi vakili Daniel Tersenbaxning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab kasblarda kuzatilayotgan kadrlar tanqisligi tobora ko‘proq immigrantlar hisobiga bartaraf etilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kadrlar yetishmaydigan sohalarda immigrantlar ulushi 2014 yildagi 7 foizdan 14 foizgacha oshgan.
Mutaxassislar fikricha, Germaniyada demografik o‘zgarishlar davom etayotgani sababli, mamlakat iqtisodiyoti uchun mehnat migratsiyasi kelgusi yillarda ham muhim omil bo‘lib qoladi.
Iqtisodchilar sun’iy intellektning iqtisodga ta’siri va mehnat bozorini o‘zgartirishidan xavotirda.
Manba: Germaniya terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi.
Germaniya kansleri milliy jamoa haqida fikr bildirib baloga qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda nimani isbotladi?
Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrif buyurdi.
Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi.
Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!
Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi.
Eron qaysi davlat rahbarlaridan qasos olmoqchi ekani ochiqlandi.
Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar.
Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Dushanba kuni dollar kursi keskin qimmatlaydi.
Baxtiyor Sheraliyev biologist-ixtiolog / genetik.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30. Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected]. Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoyalangan.
Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER bosish orqali bizga xabar bering.
Eski brauzerlar uchun saytning yengil talqini. Ishlab chiquvchi ActiveMedia Solutions.

