Instagram: Mudhish avtohalokatni boshidan kechirgan Sevinch Ismoilova, o‘g‘lini uylantirayotgan Murod Nazarov, yangi mashinali bo‘lgan Feruza Karimova

Instagram: Mudhish avtohalokatni boshidan kechirgan Sevinch Ismoilova, o‘g‘lini uylantirayotgan Murod Nazarov, yangi mashinali bo‘lgan Feruza Karimova
Aktrisa Rayhon Asadova Iordaniyadagi qadimiy Petra shahriga safar qilib, qizg‘ish qoyalar yonida suratga tushdi.
U bundan avval obunachilaridan onasining sog‘lig‘i uchun shifo tilab, duo qilishlarini so‘ragan edi.
“Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Nazokat quvonchli xabarni obunachilari bilan bo‘lishdi — aktrisa o‘ziga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi.
Tadbirkor Murod Nazarov o‘g‘lini uylantirmoqda. Toshkentdagi restoranlardan birida nahorgi osh marosimi o‘tkazildi.
Aktrisa Feruza Normatova bir necha yil avval ota-onasi bilan Istanbulga borgani, hozir esa o‘sha joylarni turmush o‘rtog‘i bilan ko‘rayotgani haqida yozmoqda.
Aktrisa va bloger Odina To‘xtasinova inson o‘zi qadrlangan joyda qolishi kerakligi haqida fikr bildirmoqda.
U bu kunlarni bir necha yil kutganini aytdi va yangi mashinaning ko‘rmanasi uchun yaqinlaridan olmos taqinchoq sovg‘asini oldi.
Aktyor va bloger Jamshid Bobojonov Farg‘onadagi to‘yda hamkasblari Sitora Alimjonova va Dildora Hoshimovalarni uchratib qoldi.
Xorazmlik xonanda Sevinch Ismoilova qo‘lidagi chandiqlar qayerdan paydo bo‘lgani haqida gapirib berdi. U ijodini endi boshlagan paytlari — 2018-yilda mudhish avtohalokatga uchragan va 15 kun koma holatida yotgan. “Buxorodan to‘y xizmatidan qaytayotganimizda mashina ichidagi hamma uxlab qolgan. Mashina esa katta tezlikda yo‘ldan chiqib ketib, 4 marta ag‘darilib ketgan. Shunda men eshikdan chiqib ketgan ekanman. Tanamda ko‘plab suyak sinishlari, chandiqlar va og‘riqlar bilan uyg‘onganman. Chap qo‘lim esa butunlay majaqlanib ketgandi. 8-9 soatlik murakkab operatsiyalarni o‘tkazib, qo‘limni asrab qolishgan”, deya so‘zlab berdi xonanda.

