Sport

JCH-2026: Eldor Shomurodovning goli musobaqaning eng chiroyli gollari reytingida 2-o‘rinni egalladi

JCH-2026: Eldor Shomurodovning goli ikkinchi eng chiroyli deb topildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning 2026-yilgi Jahon chempionatida Kongo DR darvozasiga urgan goli FIFA tomonidan o‘tkazilgan "Turnirning eng chiroyli goli" so‘rovnomasida 2-o‘rinni egalladi.

FIFA matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Kabo-Verde terma jamoasi himoyachisi Sidni Kabralning goli muxlislar tomonidan JCH-2026 ning mutlaq eng yaxshi goli deb tan olingan.

Kabo-Verde va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi 1/16 final uchrashuvida afrikaliklar qo‘shimcha bo‘limlarda 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi. Aynan shu bahsning 103-daqiqasida Kabral darvozabon Emiliano Martines qo‘riqlayotgan darvozaning yuqori burchagiga aniq zarba berib, musobaqaning eng chiroyli goliga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovning Kongo DR termasi darvozasiga kiritgan goli avvalroq Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli deb e’tirof etilgan edi.