Karimov Kadastr palatasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
Behzodjon Karimov Davlat kadastr palatasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. U islohotlarni davom ettiradi.

Karimov Kadastr palatasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat kadastr palatasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga Behzodjon Karimov tayinlandi. Bu tayinlov avvalgi rais Mohir Kamolovich Valiyevning boshqa ishga o‘tishi sababli amalga oshirildi. Bu haqda Davlat kadastr palatasi ma’lum qildi.
Mazkur masalaga bag‘ishlangan tashkiliy yig‘ilish Kadastr agentligi direktori Sadriddin Abdullayevich Turdiyev ishtirokida Davlat kadastr palatasida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ishtirokchilar Mohir Valiyevning kadastr sohasini rivojlantirish, tizimdagi islohotlarni tashkil etish va tarmoqni modernizatsiya qilishdagi xizmatlarini e’tirof etdilar.
Shuningdek, Behzodjon Karimovga yuklatilgan vazifalarni bajarishda, Davlat kadastr palatasi faoliyati samaradorligini oshirishda hamda boshlangan islohotlarni davom ettirishda muvaffaqiyatlar tilandi.

