Mahalliy

OTMlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari boʻyicha tanlov

Oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari maʼlum qilindi.

2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari boʻyicha tanlov natijalari eʼlon qilindi.

Tanlov natijalarini bilishning 4 ta usuli mavjud:

1. **my.uzbmb.uz sayti orqali:**

Abituriyent my.uzbmb.uz saytiga pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

2. **mandat.uzbmb.uz сайти орқали:**

Abituriyent mandat.uzbmb.uz saytiga oʻz ID raqamini kiritishi kerak.

3. **Bilimni baholash agentligining Telegram-botlari orqali:**

Abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida koʻrsatilgan ID raqamini quyidagi botlardan biriga yuborishi mumkin:

* @bmba_natija_bot

* @bmba_natija_1bot

* @bmba_natija_2bot

4. **Test natijalari qaydnomasi orqali:**

Test natijalari qaydnomasi oliy taʼlim muassasalariga taqdim etiladi.