Sport

O‘zbekiston jahon vitse-chempioniga qarshi o‘ynaydi

O‘yin Xitoyda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi jahon vitse-chempioni Argentina bilan kuch sinashadi.

Championat.asia nashrining ma’lum qilishicha, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi JCh finalchisi Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan.

Ushbu o‘yin 30-sentyabr kuni Xitoyda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Mazkur uchrashuvdan avval, 24-sentyabr kuni Kannavaro shogirdlari Toshkentda Eron bilan maydonga tushadi.

Shuningdek, 6-oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi safarda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.