Iqtisodiyot

O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollar qiymati oshdi.

Markaziy bankning ma’lumotlariga ko‘ra, 2-sentyabrdan boshlab xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslari belgilandi.

Unga ko‘ra:

* AQSH dollari 19,25 so‘mga qimmatlab, 11820,48 so‘mni tashkil etdi.

* Yevro kursi 28,32 so‘mga ko‘tarilib, 13766,13 so‘mga yetdi.

* Rossiya rubli ham 0,78 so‘mga oshib, 137,51 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar kursi 22,46 so‘mga pasayib, 11801,23 so‘mni tashkil qilgan edi.