Iqtisodiyot

O‘zbekistonda dollar yana 11800 so‘mdan pastladi

O‘zbekistonda dollar kursi yana 11800 so‘mlik chegaradan pastga tushdi.

Markaziy bankning 26-avgust sanasi uchun belgilagan xorijiy valyutalar kursiga ko‘ra:

* AQSH dollari 39,55 so‘mga arzonlab, 11778,52 so‘mni tashkil etdi.

* Yevro 54,39 so‘mga pasayib, 13733,75 so‘mga teng bo‘ldi.

* Rossiya rubli ham 2,73 so‘mga tushib, 138,96 so‘m etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dollar kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng 11818,07 so‘mga yetgan edi.