Iqtisodiyot

O‘zbekistonda dollar yana ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollar yana oshdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-sentyabrda amal qiladigan qiymatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra:

- dollar 16,82 so‘mga ko‘tarilib, 11 830,87 so‘m bo‘ldi;

- yevro 31,67 so‘mga tushib, 13 450,52 so‘m bo‘ldi;

- rubl 0,66 so‘mga oshib, 139,27 so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq dollar 11,86 so‘mga ko‘tarilib, 11 814,05 so‘m bo‘lgandi.