Texnologiya

O‘zbekistonda yangi HAVAL H7 krossoveri taqdimoti bo‘lib o‘tdi: komplektatsiyalar va narxlar e’lon qilindi

O‘zbekistondagi HAVAL modellar qatori yangi H7 krossoveri bilan to‘ldirildi. Model brendning bu yildagi eng kutilgan namoyishlaridan biriga aylandi va mahalliy bozorga ilk bor brendning GWM Hi4 Plug-in Hybrid gibrid texnologiyasini olib keldi. Xaridorlarga avtomobilning ikki xil versiyasi - benzin dvigateli hamda zamonaviy gibrid kuch agregatiga ega varianti taklif etiladi.

O‘zbekistonda yangi HAVAL H7 krossoverining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, unda uning komplektatsiyalari va narxlari e’lon qilindi.

Eng katta qiziqishni gibrid HAVAL H7 uyg‘otmoqda. Uning kuch agregati benzin dvigateli va ikkita elektromotorni birlashtirib, krossoverga shahar, trassa va yo‘lsiz sharoitlarda birdek ishonchli harakatlanish imkonini beradi. Avtomobil 100 km/soat tezlikka atigi 5,8 soniyada erishadi. Elektr energiyasi hisobiga 105 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi, shundan so‘ng avtomatik ravishda gibrid rejimga o‘tib, yonilg‘i sarfini past darajada saqlab qoladi.

H7 nafaqat raqamlari, balki texnologiyalari bilan ham e’tiborga loyiq. HAVAL kompaniyasi ta’kidlashicha, Hi4 tizimi yonilg‘ini tejashdan tashqari, yo‘l sharoitlarini doimiy tahlil qilib, avtomobilni yuqori tezlikda barqaror, burilishlarda ishonchli va kundalik harakatlanishda qulayroq qilish uchun yaratilgan.

Ishlab chiqaruvchining fikriga ko‘ra, H7 ham shaharda, ham asfalt tugagan hududlarda birdek erkin harakatlanishi kerak. Sayohat ixlosmandlari uchun tom qismiga mo‘ljallangan brend aksessuarlari – yuk bokslaridan tortib zinalar va sayyohlik chodirlarigacha taklif etiladi. Avtomobilning o‘zida esa ushbu toifada kam uchraydigan yechimlar mavjud: uskunalarni ulash uchun rozetka va ko‘chma sayyohlik chirog‘i.

Modelning yo‘lsiz sharoitlarga moslashgan xususiyati intellektual to‘liq yuritma, orqa differensialning elektron blokirovkasi hamda maxsus harakat rejimlari bilan yanada kuchaytirilgan. H7 chuqurligi 580 mm gacha bo‘lgan suv to‘siqlaridan o‘ta oladi, kuzov geometriyasi esa murakkab releflarda ham ishonchli harakatlanish imkonini beradi.

Krossover salonida raqamli texnologiyalar va qulaylikka alohida e’tibor qaratilgan. Jihozlar qatoriga 12,3 dyuymli raqamli priborlar paneli, 15,6 dyuymli multimedia ekrani, proyeksion displey, 540° aylana ko‘rinish tizimi, ovozli boshqaruv va ADAS elektron yordamchilari majmuasi kiradi. Shuningdek, panoramali tom, simsiz quvvatlash, o‘nta dinamikli audiotizim, old o‘rindiqlarning elektr sozlanishi, isitish va ventilyatsiya funksiyalari hamda ikkinchi qator yo‘lovchilari uchun quyoshdan himoyalovchi pardalar ham mavjud.

HAVAL H7 ning benzinli versiyasi narxi 399 900 000 so‘mdan, gibrid versiyasi esa 449 900 000 so‘mdan boshlanadi.

Avtomobilga 5 yil yoki 150 000 km (qaysi biri avvalroq yuz berishiga qarab) kafolat taqdim etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Call-markaz: +998 71 287 88 88

Veb-sayt | Telegram kanali | Instagram | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida.