Mahalliy

O‘zbekneftgaz, UzAuto va Coca-Cola: qaysi ishlab chiqarish korxonalari ko‘p soliq to‘ladi?

2026-yilning yanvar–iyun oylarida ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar 81 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

O‘zbekneftgaz, UzAuto va Coca-Cola: qaysi ishlab chiqarish korxonalari eng ko‘p soliq to‘lagan?

Soliq qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning dastlabki olti oyida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 64 551 ta yuridik shaxs jami 81,1 trillion so‘mdan ziyod soliq to‘lagan.

Ushbu umumiy tushumning 14,4 foizi, ya’ni 11,65 trillion so‘mi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur korxonalarning tovar aylanmasi 88,4 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ular tomonidan foydalanilgan soliq imtiyozlari 1,57 trillion so‘mga yetgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan ishlab chiqarish korxonalari ro‘yxati quyidagicha:

* «O‘zbekneftgaz» AJ — 1,997 trillion so‘m;

* «UzBAT» AJ — 1,540 trillion so‘m;

* «UzAuto Motors» AJ — 1,159 trillion so‘m;

* «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd» MChJ XK — 869,1 milliard so‘m;

* «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ — 717,5 milliard so‘m.

Soliq tushumlarining tarkibi quyidagicha taqsimlangan:

* QQS — 3,59 trillion so‘m;

* Aksiz solig‘i — 2,62 trillion so‘m;

* Foyda solig‘i — 2,28 trillion so‘m;

* Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 1,21 trillion so‘m;

* Ijtimoiy soliq — 732,9 milliard so‘m;

* JShODS — 685,2 milliard so‘m;

* Mol-mulk solig‘i — 308,9 milliard so‘m;

* Boshqa soliqlar — 223,5 milliard so‘m.