Dunyo

Oʻzbekiston Prezidenti Serbiyaga rasmiy tashrif buyuradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8 sentyabr kunlari ushbu mamlakatga rasmiy tashrif bilan boradi. Belgrad shahrida boʻlib oʻtish dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtadi. Boʻlajak muloqotlar kun tartibidan Oʻzbekiston-Serbiya munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari oʻrin olgan […]

Oʻzbekiston Prezidenti Serbiyaga rasmiy tashrif buyuradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8 sentyabr kunlari ushbu mamlakatga rasmiy tashrif bilan boradi.

Belgraddagi boʻlish dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, ikki mamlakat rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Boʻlajak muloqotlar kun tartibidan Oʻzbekiston-Serbiya koʻp qirrali sherikligini yanada mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika va axborot texnologiyalari kabi ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, uyushgan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Sammit yakunlari boʻyicha hukumatlararo va idoralararo bitimlarning salmoqli paketini qabul qilish rejalashtirilgan.