Panamada kuchli zilzila yuz berdi
AQSH Geologiya xizmati maʼlumotlariga koʻra, zilzila kuchi 7,6 magnitudani tashkil qilgan.

Panamada kuchli zilzila qayd etildi
AQSH Geologiya xizmati (USGS) maʼlumotiga koʻra, Panamada 7,6 magnitudali zilzila yuz berdi.
Yer silkinishi juma kuni Grinvich vaqti bilan soat 17:56 da (Toshkent vaqti bilan 22:56) qayd etilgan. Zilzila epitsentri Pitalosa-Arriba aholi punktidan 10 km janubi-gʻarbda, oʻchogʻi esa 33 km chuqurlikda joylashgan.
Xabar tayyorlanayotgan vaqtda jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
Tinch okeani sunami haqida ogohlantirish markazi (PTWC) Panama, Kolumbiya, Kosta-Rika, Ekvador hamda Markaziy Amerika va Tinch okeani havzasidagi boshqa mamlakatlar sohillarida xavfli sunami toʻlqinlari yuzaga kelishi ehtimoli borligini bildirdi.

