Qo‘qonga yo‘l olgan 13 yoshli qiz G‘ijduvonda to‘xtatib qolindi
Ijtimoiy tarmoqdagi bir tanishuv 13 yoshli romitanlik voyaga yetmagan qizni yuzlab kilometr uzoqlikdagi yo‘lga boshlagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor harakat qilmaganida, bu voqeaning qanday oqibatlar bilan tugashi noma’lum edi, albatta. Ma’lum bo‘lishicha, Romitan tumani Qumrobod mahallasida yashovchi, 13 yoshli qiz joriy yilning 13-iyul kuni ertalab...

Ijtimoiy tarmoqdagi bir tanishuv 13 yoshli romitanlik voyaga yetmagan qizni yuzlab kilometr uzoqlikdagi yo‘lga boshlagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor harakat qilmaganida, bu voqeaning qanday oqibatlar bilan tugashi noma’lum edi, albatta.
Ma’lum bo‘lishicha, Romitan tumani Qumrobod mahallasida yashovchi, 13 yoshli qiz joriy yilning 13-iyul kuni ertalab uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Shu kuni uning bobosi viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, nevarasining bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qiz internet orqali Qo‘qon shahrida yashovchi A. ismli yigit bilan tanishgan. U bilan shaxsan uchrashish maqsadida oila a’zolarini ogohlantirmasdan, uyidan chiqib ketgan.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbarining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘z vaqtida kechiktirib bo‘lmas vaziyatlarda qidiruv ishlari amalga oshirilgan. Tezkor choralar samara bergan.
Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari zudlik bilan qidiruv tadbirlarini boshlagan. Tezkor surishtiruvlar davomida qizaloq Buxoro–Farg‘ona yo‘nalishida harakatlanayotgan «Cobalt» rusumli taksida Qo‘qon shahriga ketayotgani aniqlangan.
Voyaga yetmagan qizaloqning yo‘qolishi yuzasidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ehtimoliy ko‘ngilsiz holatning oldi olingan. Internet orqali tanishgan A. Ismli yigit bilan uchrashish uchun Qo‘qon shahriga yo‘l olgan 13 yoshli qiz G‘ijduvon tumani hududida to‘xtatilib, oilasi bag‘riga sog‘-salomat qaytarilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun Romitan tumani prokuraturasiga yuborilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holatning barcha jihatlarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
— Bu voqea internet orqali o‘rnatiladigan tanishuvlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi muloqotlar qanchalik xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yana bir bor ko‘rsatadi. Ota-onalarni farzandlarining internetdagi muloqotiga befarq bo‘lmaslikka, ular bilan doimiy muloqotda bo‘lishga chaqiramiz,—deydi axborot xizmati rahbari.
Qidiruvda bo‘lgan shaxs mehmonxonada qo‘lga tushdi: tafsilotlar
Buxorodagi davlat bog‘chalari ham vaqtincha yopiladi
Amirning «soliq daftari»da yashiringan Buxoro tarixi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Alifboga tuzatishlar biror ortiqcha xarajatga olib kelmaydigan tarzda o‘tkaziladi
Farg‘onada qarzlarini yopish uchun bolasini sotishga uringan er-xotinga hukm o‘qildi
«Rayhon» restoranlar tarmog‘i egasi 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekistonning noyob tarixiy merosi Doha, Milan, Venetsiya va Yaponiyada namoyish etiladi
Endi reklamali qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarga yangi cheklovlar joriy etiladi
O‘zbekiston va Belarus hududlararo hamkorligi yangi bosqichga chiqadi
Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Alisher Usmonov ishdan haydaldi
O‘zbekistonda kuchli zilzila kutilyaptimi? Mutaxassis izoh berdi
Ronaldo JCh-2026 finali favoritini aytdi
«Rayhon» restoranlar tarmog‘i egasi 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
«Endi kredit to‘lamasangiz ham bo‘laveradi!»
150 dan oshiq rahbar ishdan olindi, 700 nafariga intizomiy chora ko‘rildi
Baxtiyor Sheraliyevbiolog-ixtiolog / genetik
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 2017 yilning 27 dekabrida elektron OAV sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Guvohnoma raqami: 156697. Muassis: «Xabar» gazetasi tahririyati. Tahririyat manzili: 100000, Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Navoiy 30.
Mas’ul muharrir Abdug‘ani Abdurahmonov. Elektron manzil: [email protected] Materiallarimizdan to‘liq yoki qisman foydalanilganda «Foydalanish shartlari»ga amal qilinishi shart. Barcha huquqlar O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi hamda mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoyalangan.
Saytda imloviy yoki uslubiy xatoga ko'zingiz tushdimi? Xato jumlani belgilang va CTRL+ENTER bosish orqali bizga xabar bering.
Eski brauzerlar uchun saytning yengil talqini. Ishlab chiquvchi ActiveMedia Solutions.

