Qoshlari sabab prodyuserlar bosimiga uchragan, Bollivudda bir necha marta rekord o‘rnatgan hamda 5 raqamini yaxshi ko‘radigan Kajol 52 yoshda (foto, video)

Qoshlari tufayli prodyuserlar bosimiga uchragan, Bollivudda bir necha bor rekord o‘rnatgan va 5 raqamini sevadigan Kajol 52 yoshda (foto, video).
Bollivud yulduzi Kajol "O‘g‘irlanmagan kelin", "Hayotda hamma narsa bo‘ladi", "Gohi shodlik, gohi g‘am", "Mening ismim Xon" kabi mashhur filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar qalbini zabt etgan. Quyida aktrisa haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi.
**Bollivuddagi debyut**
Kajol kinodagi ilk qadamini 16 yoshida Rahul Ravaylning "Haqiqiy sevgi" filmida qo‘ygan va bu uning uchun katta muvaffaqiyat bo‘lgan. Ushbu film tufayli u aktyorlik faoliyatini davom ettirish uchun maktabni tark etishga majbur bo‘lgan.
"O‘g‘irlanmagan kelin", "Hayotda hamma narsa bo‘ladi": Bollivud yulduzlari Shohrux Xon va Kajol ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (video)
Foto: Bollywoodtime.ru
**Kitob va she’riyatga qiziqish**
Kajol maktab davrida badiiy adabiyot o‘qishga qiziqib qolgan va uning aytishicha, bu unga og‘ir kunlarni yengib o‘tishga yordam bergan. Aktrisa bo‘sh vaqtlarida she’r va hikoyalar yozishni ham yoqtiradi.
Kinotavsiya: Kajol ishtirokidagi eng yaxshi o‘tkir syujetli filmlar (video)
Foto: Bollywoodtime.ru
**Rekordchi**
Kajol Filmfare mukofotining "Eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. U ushbu yutug‘i bilan xolasi Natan bilan raqobatlasha oladi (uning ham 5 ta mukofoti bor). Shuningdek, Kajol mukofotning o‘n bitta nominatsiyasiga nomzodi qo‘yilgan aktrisa hisoblanadi.
Bollivudning eng mashhur filmlaridan biri — "Jonim fido" haqida qiziqarli faktlar (foto)
**"Bollivud afsonasi"**
Kajol 2006-yilda Buyuk Britaniyada miniatyura qo‘g‘irchog‘i chiqarilgan Bollivudning mashhur shaxslaridan biri hisoblanadi. Bu "Bollivud afsonalari" deb nomlangan kolleksiya bo‘lib, to‘rtta yulduz — Shohrux Xon, Ritik Roshan, Kajol va Priyanka Choprani o‘z ichiga oladi.
Londonda "O‘g‘irlanmagan kelin" hind filmi bosh qahramonlari — Raj va Simranning haykali ochildi (video)
Foto: Bollywoodtime.ru
**Noyob qosh**
Aktyorlik mahoratidan tashqari, Kajol Bollivuddagi go‘zallik haqidagi ta’rifni o‘zgartirgan 90-yillarning mashhur aktrisalaridan biri edi. Aktrisa ishtirokidagi filmlarni tomosha qilgan bo‘lsangiz, uning o‘xshashi yo‘q qoshlari xayolingizga kelgandir. Aktrisa aynan shu sabab prodyuserlarning bosimiga chidadi, biroq Kajol taslim bo‘lmadi. U o‘zining vizajisti Mikkini juda hurmat qiladi. Kajolning aytishicha, vizajist barcha ijodkorlarni aktrisaning "jo‘shqinligi"ga ishontirganlardan biri bo‘lgan.
32 yillik afsona: Shohrux Xonni dunyoga tanitgan va Bollivud haqidagi stereotiplarni o‘zgartirgan "Firibgar" filmi haqida
Foto: Bollywoodtime.ru
**Amerika fond birjasini ochgan birinchi hind yulduzi**
"Mening ismim Xon" filmidagi ulkan muvaffaqiyatdan so‘ng, Kajol hamkasbi Shohrux Xon bilan birgalikda NASDAQ’ga ochilish qo‘ng‘irog‘ini o‘zi chalishi va dunyodagi eng yirik bozorda savdo boshlanganini e’lon qilish uchun taklif qilindi.
Faqatgina Gollivud emas: kino tarixdagi eng sara hind filmlari
**O‘zgacha juftlik**
Kajol aktyor Ajay Devgan bilan turmush qurgan. Hind kinosi muxlislari juftlikni juda yaxshi ko‘radi. To‘rt yillik munosabatdan so‘ng, aynan Kajol Ajayga turmush qurishni taklif qildi. Ularning olti oydan keyin ajrashib ketishiga ishongan ko‘pchilik yanglishdi. Ajay va Kajol turmush qurganiga 27 yil bo‘lganini nishonladi va bu ularning munosabatlari qanchalik mustahkam ekanini isbotlaydi.
Mashhurlikda rafiqasidan o‘ta olmagan va mish-mishlar girdobida yashaydigan Bollivud yulduzi Ajay Devgan 56 yoshda
Foto: Bollywoodtime.ru
**Omadli 5 raqami**
5-avgustda tug‘ilgan aktrisa besh raqamini o‘zining baxtli raqami deb hisoblaydi. Kajol 1995-yilda beshta filmda rol o‘ynagan. Ushbu filmlardan biri "O‘g‘irlanmagan kelin" muvaffaqiyatli blokbasterga aylandi va 31 yildan beri teatrlarda namoyish etib kelinmoqda.
30 yildan beri so‘nmagan sevgi hikoyasi: "O‘g‘irlanmagan kelin" filmi qanday yaratilgan?

