Dunyo

Samarqand bolalar kelajagi bo‘yicha global muloqot maydoniga aylanadi

2026-yilning 21–22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot

Samarqand bolalar kelajagi yuzasidan global muloqot markaziga aylanadi

2026-yil 21–22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l» mavzusida Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli anjuman dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan vakillarni — siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ekspertlar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillarini, akademik doiralarni hamda bolalar va o‘smirlarni bir maydonga jamlaydi.

Hozirgi kunda bolalar global chaqiriqlar — mojarolar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy beqarorlik va ortib borayotgan tengsizlikning eng og‘ir oqibatlarini his qilayotgan guruhlar qatorida turibdi.

Muhokamalar markazida kelajak avlod taqdirini belgilovchi yo‘nalishlar bo‘ladi:

Sammit doirasida shuningdek II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi.

Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri sifatida Samarqand bolalar farovonligiga investitsiya qilish bo‘yicha deklaratsiyasi qabul qilinadi — bu aniq harakatlar va xalqaro hamkorlikka chaqiriq bo‘ladi.

Bolalarga investitsiya qilish — barqaror, adolatli va tinch kelajakka investitsiya qilish demakdir.