Shavkat Mirziyoyev 95 yoshli keksa metallurg otaxonga elektromobil sovg‘a qildi
Shavkat Mirziyoyev 95 yoshli metallurg otaxonga elektromobil sovg‘a qildi
Shavkat Mirziyoyev 13-iyul kuni Bekobod shahriga tashrifi davomida O‘zbekiston metallurgiya kombinatida yangi Quyuv-prokatlash majmuasining ishga tushirish marosimida 95 yoshli keksa metallurg otaxonga elektromobil sovg‘a qildi.
“Mana shu elektromobilni minib, uyga bugun borib, prezident sovg‘asi deb aytsangiz, men sizdan minnatdor bo‘lardim”, deya davlat rahbari BYD elektromobili kalitini topshirdi.
Otaxonning so‘zlariga ko‘ra, u kombinatning eng eski ishchilaridan biri bo‘lib, 1955-yil mart oyida armiyadan qaytgach, zavodga ishga kirgan va 2003-yil avgust oyigacha mehnat qilgan.
Prezidentimiz metallurgiya sohasining og‘ir, ammo sharafli ekanini ta’kidlab, kombinat ishchi-xodimlarining mashaqqatli va fidoyi mehnati yuksak hurmat va tahsinga sazovorligini qayd etdi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, Quyuv-prokatlash majmuasining faoliyatini boshladi. Kombinat Quyuv-prokatlash majmuasining yagona boshqaruv pulti orqali metallni prokatlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

