Sport

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston so‘nggi tur oldidan Armanistonni yirik hisobda mag‘lub etdi

**Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston so‘nggi tur oldidan Armanistonni yirik hisobda yengdi**

Samarqandda davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-tur bahslari doirasida O‘zbekiston asosiy terma jamoasi Armaniston ustidan 3,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Muhiddin Madaminov o‘z partiyalarida zafar quchgan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev o‘z doskasida durang qayd etdi.

Nodirbek Abdusattorov 1:0 Haik Martirosyan

Javohir Sindorov 1:0 Robert Hovhannisyan

Nodirbek Yoqubboyev 0,5:0,5 Shant Sargisyan

Muhiddin Madaminov 1:0 Gabriel Sargisyan

Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston-1 terma jamoasi 18 ochko bilan peshqadamligini yanada mustahkamladi. So‘nggi turdagi raqib barcha uchrashuvlar yakunlangach ma’lum bo‘ladi.