Sport

Shaxmat Olimpiadasi. Oʻzbekiston Xitoyni ham yengdi

Bu safar ham Oʻzbekiston turnir jadvalidagi asosiy raqibdan ustun keldi va peshqadamligini mustahkamladi.

**Shaxmat Olimpiadasi. Oʻzbekiston Xitoyni ham magʻlub etdi**

Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar asosiy jamoasi Samarqandda davom etayotgan shaxmat Olimpiadasida gʻalabali yurishini davom ettirmoqda.

23-sentabr kuni 7-tur doirasidagi markaziy uchrashuvda mezbonlar toʻrtligi Xitoy vakillariga qarshi dona surdi.

Avvaliga Javohir Sindarov Vey I bilan, Muhiddin Madaminov esa Hu Hiangyu bilan durang qayd etdi — 1:1.

Hal qiluvchi partiyalarda Nodirbek Abdusattorov 17-jahon chempioni Ding Lirenni, 6-tur qahramoni Nodirbek Yoqubboyev esa Yu Yangyuni magʻlub etdi va yakuniy hisob 3:1 boʻldi.

Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston-1 jamoasi ochkolarini 14 taga yetkazdi va turnir jadvalidagi yakkapeshqadamligini saqlab qoldi. Tur oldidan 11 ochko bilan ikkinchi oʻrinda borayotgan Xitoy esa tur yakuniga kelib kuchli uchlikdan chiqib ketishi mumkin.