Sport

Shaxmat olimpiadasida chempionlik to‘qnashuvi: bugun O‘zbekiston Hindistonga qarshi o‘ynaydi

Shaxmat olimpiadasida chempionlik uchun bahs: bugun O‘zbekiston Hindistonga qarshi maydonga chiqadi

Samarqandda davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-tur juftliklari aniq bo‘ldi. O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan erkaklar va ayollar jamoalari navbatdagi turdagi raqiblarini bilib oldi.

**O‘zbekistonning 1-jamoasi**

Erkaklar bellashuvida O‘zbekistonning 1-jamoasi musobaqaning amaldagi g‘olibi — Hindiston terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Ikkala jamoa ham ortda qolgan 5 turda g‘alaba qozongan.

Nodirbek Abdusattorov — Rameshbabu Praggnanandha

Javohir Sindorov — Arjun Erigasi

Nodirbek Yoqubboyev — Nihal Sarin

Shamsiddin Vohidov — Gukesh Dommaraju

Ayollar bahsida O‘zbekistonning 1-jamoasi Gruziya vakillariga qarshi dona suradi.

Afruza Hamdamova — Nana Dzagnidze

Gulruhbegim Tohirjonova — Nino Bastiashvilli

Umida Omonova — Bella Hotenashvilli

Guldona Karimova — Lela Javahishvilli

Shuningdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi AQSH jamoasi bilan durang o‘ynagach, ayollar reytingida 6-o‘rinda bormoqda.​

Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida jami 400 ta jamoa ishtirok etadi: erkaklar guruhida 208 ta, ayollar o‘rtasida esa 192 ta jamoa. Musobaqa 28-sentyabrga qadar davom etadi.