Mahalliy

Toshkentda bloger MrBeast’ning qizil Lamborghini rusumli avtomobili ishtirokidagi YTH haqidagi maʼlumot rad etildi

Toshkentda bloger MrBeast’ning qizil Lamborghini avtomobili ishtirokida YTH sodir boʻlgani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik bloger MrBeast’ning hozirda uning chellenjlaridan birida qatnashayotgan qizil Lamborghini avtomobili Toshkentda goʻyoki YTHga uchragani haqida maʼlumotlar tarqaldi. Avtomobil boʻyoq qoplamasining sezilarli darajada shikastlangani bunday xabarlarga sabab boʻldi. Poytaxt YHXB ushbu maʼlumotlarni rad etdi.

Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, bloger poytaxtda boʻlgan vaqtida mashina avariyaga uchramagan. Idora transport vositasi harakatlanish vaqtida doimiy nazoratda boʻlganini taʼkidladi.

MrBeast’ning oʻzi avtomobil Hindistonning Dehli shahrida shikastlanganini maʼlum qildi.

YHXB ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

Bugun, 9 oktyabr kuni MrBeast Toshkentda muxlislari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda. Avvalroq bloger tomonidan poytaxtda tashkil etilgan oʻyinlarning uch nafar ishtirokchisi 100 million soʻmdan olgani xabar qilingan edi.