Siyosat

Turkiya Yevroittifoqqa kirishga urinmaydi – Erdo‘g‘an

Turkiya 1999-yilda YeIga kirishga nomzod bo‘lgan, a’zolikka qabul qilish bo‘yicha muzokaralar esa 2005-yildan buyon davom etmoqda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Turkiya Yevroittifoqqa a’zo bo‘lishga intilmaydi.

Al Jazeera Arabic nashriga bergan intervyusida Erdo‘g‘an shunday dedi: "Yevropa Turkiyani Yevroittifoqqa qabul qilishni istamayotganga o‘xshaydi".

Uning fikricha, Turkiyaning Yevroittifoqqa qo‘shilmasligi Anqaradan ko‘ra Bryussel uchun ko‘proq yo‘qotish bo‘ladi.

Turkiya 1999-yilda Yevroittifoqqa a’zolikka nomzod bo‘lgan, a’zolik bo‘yicha muzokaralar esa 2005-yildan beri davom etmoqda.

2026-yil iyul oyida Yevroparlament Turkiya so‘z erkinligi kafolatlarini va sud tizimining mustaqilligini ta’minlamaguniga qadar u bilan muzokaralarni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Anqara bu rezolyutsiyani "ichki ishlarga noqonuniy aralashuv" deb baholadi.