Dunyo

Yamanda nimalar bo‘lmoqda? Xusiylar jiddiy bayonot berdi

Yamanning g‘arbiy qirg‘og‘i Bab al-Mandeb bo‘g‘oziga chiqish imkoniyati tufayli strategik ahamiyatga ega. U Qizil dengizni

Yamanda nimalar yuz bermoqda? Xusiylar jiddiy bayonot bilan chiqdi

Xusiylar harakati vakili Yahyo Sariyaning aytishicha, «Ansar Alloh» jangarilari Yamanning Taiz va Al-Hodeida viloyatlarida umumiy maydoni 5400 kvadrat kilometr bo‘lgan oltita tumanni o‘z nazoratiga olgan.

«Ko‘p tomonlama harbiy operatsiya Saudiya Arabistoni qo‘shinlarini g‘anbiy qirg‘oqbo‘yi mintaqalaridan quvib chiqarish maqsadida olib borilmoqda», — dedi Yahyo Sariya Al-Marisax telekanalida.

Yamanning g‘arbiy qirg‘og‘i Bab al-Mandeb bo‘g‘oziga chiqish imkoniyati sabab strategik ahamiyatga ega.

U Qizil dengizni Adan ko‘rfazi bilan bog‘laydi va Suvaysh kanalining janubiy darvozasi hisoblanadi. Bu Osiyodan Yevropaga yuk tashish uchun eng qisqa dengiz yo‘lidir.