Dunyo

Yevropaning quriyotgan daryolari — foto

Yevropaning quriyotgan daryolari: fotosuratlar

Yevropa Yerning boshqa mintaqalariga nisbatan tezroq isib bormoqda. Yoz davomida qit’a bir necha bor kuchli jazirama to‘lqinlarini boshdan kechirdi. Mintaqa iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan daryolarda suv sathi sezilarli darajada pasaymoqda. Ayniqsa, oltita davlatdan oqib o‘tuvchi Reyn va o‘nta davlat hududidan oqib o‘tuvchi Dunay daryolari qurg‘oqchilikdan jiddiy zarar ko‘rmoqda. “Meduza” ushbu ikki daryoning 2025 va 2026-yillarda kosmosdan qanday ko‘ringanini aks ettiruvchi suratlarni taqqosladi.

**Dunay**

Budapeshtdan 45 kilometr uzoqlikdagi daryoning ko‘rinishi. Qurg‘oqchilik tufayli Vengriya poytaxti va uning atrofida suv va energiya tanqisligi kuzatilmoqda.

* 2025-yil 9-avgust. Foto: ESA

* 2026-yil 4-avgust. Foto: ESA

Serbiyaning Praxovo qishlog‘ida suv sathi pasayishi natijasida urush davrida cho‘kib ketgan nemis kemalari yuzaga chiqib qoldi.

* 2025-yil 10-avgust. Foto: ESA

* 2026-yil 5-avgust. Foto: ESA

Vengriyaning yagona atom elektr stansiyasi “Paksh” Dunay yaqinida joylashgan. 3-avgust kuni u suv yetishmovchiligi sababli to‘xtatildi.

* 2025-yil 9-avgust. Foto: ESA

* 2026-yil 6-avgust. Foto: ESA

**Reyn**

Kyoln janubidan o‘tuvchi daryoning ko‘rinishi. Dengiz tomon faqat sanoqli kemalar harakatlanmoqda, ularga ham cheklangan miqdorda yuk ortilgan. Ekspertlar yaqin kunlarda daryo yanada sayozlashishini kutmoqda.

* 2025-yil 19-avgust. Foto: ESA

* 2026-yil 1-avgust. Foto: ESA

Germaniyaning Kaub shahrida Reyn suvlari sathi tarixda ilk bor 20 santimetrdan pastga tushib ketdi.

* 2025-yil 11-avgust. Foto: ESA

* 2026-yil 3-avgust. Foto: ESA

Avvalroq Bolgariyada Dunay daryosi suv sathining keskin pasayishi natijasida qadimgi Rim davriga oid Konstantin ko‘prigining suv ostida qolib ketgan poydevorlari ochilib qolgani haqida xabar berilgandi.